DUNYO
2 daqiqa o'qish
Qamal ostidagi G‘azoda oziq - ovqat tanqisligi yuzasidan ochlik avj olmoqda
Filip Lazzarini: «Isroil hukumati oziq - ovqat va boshqa asosiy ehtiyojlarning olib kirilishiga monelik qilishni davom etmoqda. Bu, inson qo‘li bilan yasalgan va siyosiy maqsadlarni ko‘zlagan ochlik inqirozidir», - dedi.
Qamal ostidagi G‘azoda oziq - ovqat tanqisligi yuzasidan ochlik avj olmoqda
28 апрел 2025

Yaqin Sharqdagi falastinlik qochqinlarga yordam berish agentligi (UNRWA) urushdan vayron bo‘lgan G‘azoda oziq - ovqat zaxiralari tugab, ocharchilik borgan sari avj olyotganini qayd etdi.

UNRWA tomonidan yakshanba kuni berilgan bayonotda, «G‘azoda kun o‘tgan sari ocharchilik avj olmoqda. Insonlar, jumladan yosh bolalar, xayriya tashkilotlari tarqatgan issiq ovqatlardan bir tishlam ola olish uchun umid bilan navbat kutyapti». - dedi.

Muhojirlarga yordam berish agentligi bu haftadan e’tiboran G‘azoda umuman un qolmaganini ifoda etar ekan: «Kimlarningdir umrini saqlab qolish uchun yordam ashyosi tashigan va UNRWAga oid 3 mingta yuk tashuvchi mashina G‘azoga kirishga tayyor. Qamal ostiga olishlar to‘xtatilishi zarur!», - degan ifodalarga o‘rin berdi.

UNRWA Bosh komissari Filip Lazzarini esa mavzu haqida bergan bayonotida, qamal ostidagi G‘azoda falastinlik bolalar ochlikdan jon bergani haqida gapirdi.

Lazzarini, «Isroil hukumati haligacha oziq - ovqat va boshqa asosiy ehtiyojlarning olib kirishiga monelik qilmoqda. Bu, inson qo‘li bilan yasalgan va siyosiy maqsadlarni ko‘zlagan ochlik inqirozidir», - degan ifodalarga o‘rin berdi. Lazzarini so‘zlari yakunida, yordam talablari ham javobsiz qolganiga e’tibor qaratdi.

Isroil zulmi terang tus olmoqda

Isroil joriy yilning 2 - martidan boshlab G‘azoga oziq - ovqat, tibbiy va gumanitar yordam ashyosi olib kirilishiga ruxsat bermayapti. Rasmiylar, inson huquqlari tashkilotlari va xalqaro hisobotlarning ma’lum qilishicha bu holat yuzasidan mintaqadagi insoniy falokat avj olmoqda.

Isroil 2023 - yilning oktabr oyidan beri G‘azoga qarshi hujum uyushtirmoqda va oqibatida falastinlik 52 ming nafardan ortiq inson halok bo‘ldi. Eng yomoni, halok bo‘lganlarning ko‘pchiligi yosh bolalardan iborat.

Boshqa jihatdan, Xalqaro Jinoyat sudi o‘tgan yilning noyabr oyida Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va uning sobiq Mudofaa vaziri Yoav Gallantga qarshi G‘azodagi urush va insoniyatga qarshi qo‘l urgan jinoyatlari yuzasidan hibsga olish orderlarini chiqargan.

Shuningdek, Isroil, G‘azoda olib borgan urushi yuzasidan Xalqaro sudda genotsid ishi bo‘yicha javobgarlikka tortilmoqda.

 

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us