DUNYO
3 daqiqa o'qish
Eron portida yuz bergan portlash oqibatida kelib chiqqan yong‘in haligacha davom etmoqda
Eron portida 2 kun oldin yuz bergan va 46 nafar inson umriga zomin bo‘lgan portlash oqibatida kelib chiqqan yong‘in haligacha davom etmoqda.
Eron portida yuz bergan portlash oqibatida kelib chiqqan yong‘in haligacha davom etmoqda
28 апрел 2025

Davlat telekanallari tarqatgan ma’lumotga ko‘ra Eronda ot ochiruvchilar mamlakatning eng yirik tijorat portida qayd etilgan portlash oqibatida kelib chiqqan va 46 nafar inson umriga zomin kuchli yong‘inga qarshi kurash olib bormoqda.

Portlash o‘tgan haftaning shanba kuni Eron janubida, dunyoda ishlab chiqarilgan neftning beshdan bir qismi otadigan strategik Hurmuz bogozi yaqinidagi Shahid Rajoi portida yuz berdi.

Rasmiy IRNA axborot agentligi Hurmuzgon viloyati Inqirozni boshqarish bo‘limi rahbari Mehrdod Hasanzodaning sozlariga tayangan holda: «Shahid Rajoi portidagi yonginda halok bolganlar soni 46 nafarga yetdi», - dedi.

Rasmiylar, 1000 nafardan ortiq inson tan jarohati olganini ma’lum qilgandi ammo Hasanzoda ularning ko‘pchiligi davolanib shifoxonadan chiqqani va hozirda 138 kishi davolanyotganini bildirdi.

Eron Qizil Yarim oy jamiyati tomonidan olingan videolavhalarga ko‘ra yongin yuz bergan nuqtaning bir qismida haligacha past olovlar ustida qalin komir qorasi tutunlari kotarilmoqda va yonginni ochirish uchun bitta vertolyot uchib yuribdi.  

Portlashning sababi darhol aniqlanmadi ammo portning bojxona idorasi, uning xavfli va kimyoviy moddalar saqlanadigan joyda yuzaga kelgan yongin yuzasidan paydo bolgan bolishi mumkinligini bildirdi. Eronning diniy yetakchisi Ali Hamaney, hodisada qanaqadir e’tiborsizlik yoki qasddan harakat bor yoki yoqligini aniqlash uchun tekshiruv ishlari boshlatilishini buyurdi.

Insonlar oz hayotlarini saqlab qolish uchun qochdilar

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xavfsizlik kamerasi tasvirlariga ko‘ra voqea kichik olov va toq sariq - jigarrang tutun bilan asta sekin boshlanar ekan, ortidan olov shari portlagan. Yana xuddi shu tasvirga ko‘ra kichik olov bir ombor ro‘parasida, tashqarida taxlanib turgan bir necha konteyner orasidan chiqqan.

Kichik forklift tutunli maydon oldidan otar chog‘ida, yaqin atrofda insonlar yurgandi. Kichik olov va tutun paydo bolganidan taxminan bir daqiqa - yu sakkiz soniyadan keyin, yaqinidan avtomobillar otib ketyotgan bir paytda olov shari portlagan.

Prezident Masud Pezeshkiyon yakshanba kuni yaqinlardagi Bandar Abbos shahrida tan jarohati olgan va shifoxonada yotgan bemorlarni ziyorat qildi. Portlash yuz berganidan beri, mintaqadagi barcha maktab va ofislarning bekitilishi buyurdi va tinch aholiga keyingi e’longa qadar tashqariga chiqmasliklari va niqob kiyishlarini tafsiya qildi.  

Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati kotibi Rizo Talaei – Nik, davlat telekanaliga bergan intervyusida, «Hududda harbiylar yoq yoki harbiy maqsadlarda foydalanish niyatida import yoki eksport qilingan hech qanday yuk ham yoq», - dedi. Rossiya yonginlarga qarshi kurashga yordam berish uchun mutaxassislar yubordi.

Rasmiylar, dushanba kunini milliy motam kuni deb e’lon qildilar. Port joylashgan Hurmuzgon viloyatida esa yakshanba kuni uch kunlik motam boshlangan edi. Portlash Eron va AQSh hay’atlarining Tehronning yadro dasturi boyicha Ummonda yuqori darajali muzokaralar olib borilgan va har ikki tomon ham ilgarilash qayd etilgani haqida gapirgan paytda sodir boldi.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us