Mahalliy axborot agentliklari tomonidan bugun tarqatilgan ma’lumotga ko‘ra Eron janubidagi Shahid Rajaee portida yuz bergan kuchli portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 25 nafarga yetar ekan, kamida 1139 kishi tan jarohati olgan.
Qayd etilishicha, mahalliy vaqt bilan shanba kuni soat 12:00 atrofida (08:30 GMT) Shahid Rajaee portidagi konteyner doki hududida yong‘in kelib chiqqani iddao etildi.
Dastlabki hisobotlar, portlash joyi yaqinida yonuvchi moddalar borligi haqida ma’lumot berdi.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra kichik yong‘in tezda tarqalib, portlashga yo‘l ochgan. Ortidan, 40 darajali issiqlik va yonuvchi moddalar to‘planishi sababli portlash yuz bergan.
Strategik ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu port Hormozgan viloyatining janubida joylashgan bo‘lib, Hormuz bo‘g‘ozining shimoliy qirg‘og‘ida o‘rin olgan Bandar Abbos portidan taxminan 15 kilometr janubi - g‘arbda joylashgan.