DUNYO
2 daqiqa o'qish
Rus general Moskva yaqinlarida qayd etilgan hujumda halok bo‘ldi
Rus general Moskva yaqinlarida avtomobilga oldindan joylashtirib qo‘yilgan portlaguvchi moddaning portlatilishi oqibatida halok bo‘ldi.
Rus general Moskva yaqinlarida qayd etilgan hujumda halok bo‘ldi
25 апрел 2025

Juma kuni Moskva yaqinlarida to‘xtab turgan avtomobil ichiga oldindan joylashtirib qo‘yilgan modda portlatildi va oqibati, rossiyalik generallardan birining umriga zomin bo‘ldi. Tergov qo‘mitasi, voqea ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi.

Rasmiylarning qayd etishicha, halok bo‘lgan kishi Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabining asosiy amaliyotlar boshqarmasi rahbari o‘rinbosari, general - leytenant Yaroslav Moskalikdir.

Tergovchilar Moskva sharqida joylashgan Balashikha shaharchasidagi ko‘p qavatli uylar oldida turgan Volkswagen Golf rusumidagi avtomobili portlaganidan keyin qotillik va portlovchi moddalarni noqonuniy olib kirish bo‘yicha jinoiy ish ochilganini ma’lum qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan va voqea yuz bergan joyda tasvirga olingan fotosuratlarda avtomobilning yonib ketganini ko‘rish mumkin.

«Agentstvo» saytiga ko‘ra, Moskalik Balashikhada yashar edi ammo avtomobil unga tegishli emasdi.

«Izvestiya» gazetasi tomonidan tarqatilgan xavfsizlik kamerasi tasvirlarida kuchli portlash aks etgan va bo‘lakchalar osmonga uchgan.

Tergovchilarning aytishicha, voqea, iloji boricha ko‘proq ziyon yetkazish niyatida metall bo‘lakchalar bilan to‘ldirilgan va qo‘lda yasalgan portlaguvchi jihozning portlatilishi oqibatida yuz bergan.

Kreml veb - saytiga ko‘ra Moskalik 2015 - yili Ukraina armiyasi bilan Rossiyani qo‘llab - quvvatlagan separatistlar o‘rtasidagi mojarolar paytida uyushtirilgan Normandiya formati muzokaralarida rus harbiy vakili sifatida xizmat qilgandi.

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin uni 2021 - yili general - leytenant unvoni bilan taqdirlagandi.

Portlash, Moskvaning Ukrainadagi harbiy harakatlari bilan aloqali ruslarni nishonga olgan avvalgi hujumlarga o‘xshashligi aytilmoqda.

Ba’zi hollarda Kiyev javobgarchilikni o‘z zimmasiga olgan ammo bu gal hujum haqida hech qanday izoh bermadi.

 

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us