DUNYO
2 daqiqa o'qish
Putin Kursk qaytarib olingani munosabati bilan Shimoliy Koreyaga minnatdorchilik bildirdi
Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin: «Koreyalik do‘stlar birlik - birdamlik, adolat va haqiqiy yo‘ldoshlik his - tuyg‘ulari bilan harakat qildilar». - dedi.
Putin Kursk qaytarib olingani munosabati bilan Shimoliy Koreyaga minnatdorchilik bildirdi
28 апрел 2025

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin dushanba kuni bergan bayonotida, Shimoliy Koreyaning Kursk chegara hududini qaytarib olishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi.

Mavzu haqida Kreml tomonidan berilgan bayonotda, Shimoliy Koreya armiyasining Ukraina armiyasini chegara hududidan chiqarishda samarali rol o‘ynagani ta’kidlandi. Eng muhimi, bu yordam xalqaro huquq va Moskva bilan Pxenyan o‘rtasida 2024 - yilning noyabr oyida imzolangan strategik hamkorlik shartnomasi talablariga to‘liq javob berishi qayd etildi.

Putin shuningdek: «Koreyalik do‘stlar birlik - birdamlik, adolat va haqiqiy yo‘ldoshlik his - tuyg‘ulari bilan harakat qildilar. Bu juda muhimdir va Shimoliy Koreya lideri Kim Jong - un, Koreya Demokratik Xalq Respublikasining barcha rahbari bilan xalqiga chin qalbimizdan minnatdormiz», - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Shimoliy Koreyalik askarlar nomi tilga olingan yutuq uchun yuqori darajada maxsus tayyorgarlik ko‘rib, voqea payida qahramonlik va fidoyilik namoyish etganini ta’kidlagan Putin. «Ular o‘z vazifasini sharaf va jasorat bilan bajarib, unutilmas shuhrat qozondilar», - dedi. So‘zlari davomida, «Jang maydonida mustahkam tus olgan aloqalar ko‘magida ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik, qo‘shnichilik va hamkorlik barcha sohalarda muvaffaqiyatli va dinamik ravishda rivojlanishni davom etadi», - deya gapirdi.

Shanba kuni Rossiya Bosh shtab rahbari Valeriy Gerasimov, Rossiyaning Kursk chegara hududi nazorati qaytarib olinganini ma’lum qilib, mintaqadagi harbiy harakatlarda ishtirok etgan shimoliy koreyalik askarlarga minnatdorchilik bildirgandi. Bu bayonot, 2022 - yilning fevral oyida boshlangan Rossiya - Ukraina urushida Pxenyanning ham ishtirok etganini tasdiqlovchi ilk rasmiy bayonot bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Markaziy federal okrugi Kursk viloyatining markazi Kursk shahri o‘tgan yilning avgust oyida Ukraina nazoratiga o‘tgandi.

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us